
Yaqinda "Al-Ittifoq" murabbiyiga aylangan Jerrard APL futbolchilarini jamoasida ko‘rmoqchi
Stiven Jerrard premer-liga futbolchilarini Saudiya Arabistoniga taklif qilmoqchi.
Kecha "Liverpul"ning sobiq yarim himoyachisi "Al-Ittifoq"ni boshqaruviga keldi.
"CBS Sports" nashri jurnalisti Ben Jeykobsning fikricha, “Al-Ittifoq”ni kuchaytirishning ustuvor variantlaridan biri bu Filippe Koutino. Jerrard u bilan “Aston Villa”da ishlagan.
Hozirda “Inter Mayami” jamoasida mashg‘ulot o‘tayotgan Jessi Lingard bilan shartnoma imzolash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Koutinoning "Aston Villa" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Lingard "Nottingem Forest"ni tark etganidan so‘ng erkin agentga aylangan.
Fikrlar