Yaxshiboev Chempionlar ligasidagi g‘alaba uchun qancha mukofot puli oladi?

  • 17.09.2021 19:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Moldovaning “Sherif” jamoasi o‘z tarixida ilk marotaba UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etmoqda.

Jasur Yaxshiboevni o‘z safiga qo‘shib olgan tiraspolliklar turnirning birinchi uchrashuvida Donetskning “Shaxtyor” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ancha shov-shuv ko‘tardi. Moldovaliklar uchun tarixiy ahamiyat kasb etgan uchrashuvda legionerimiz ham faol o‘yin ko‘rsatdi.

“Sherif” birinchi turdagi g‘alabasi uchun UEFAdan 2,8 million evro miqdorida mablag‘ oladi.

Meta-ratings.com.ua saytining ma’lum qilishicha, bu summaning bir millioni futbolchilar va murabbiylar shtabi vakillari o‘rtasida taqsimlab beriladi. Qolgan qismi esa, klub byudjetiga topshiriladi.

“D” guruhida  peshqadamlikni qo‘lga olgan “Sherif” ikkinchi tur uchrashuvini Madridda “Real”ga qarshi o‘tkazadi. Bu uchrashuv 28 sentyabrga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!