Yaxshiboev jamoasi kuchaytirildi

  • 19.09.2021 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Chempionlar ligasi guruh bosqichida birinchi turdagi g‘alabadan so‘ng, “Sherif” jamoasi o‘z safiga yangi legionerlarni qo‘shib oldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, tiraspolliklar safiga 25 yoshli ganalik hujumchi Bosit Abdul Xolid va Niger terma jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi Abdul Momuni Darankuma qo‘shilgan.

“Sherif” matbuot xizmati xabar berishicha, ganalik hujumchi faoliyati davomida 115 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 29 ta to‘p kiritgan va jamoadoshlariga beshta golli pas oshirgan.

Bu hujumchi o‘z vaqtida Afrika Chempionlar ligasi va Evropa Ligasida  o‘ynab, katta tajriba to‘plagan.

Momuni Darankuma esa klublar miqyosidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari tufayli Niger terma jamoasiga jalb qilindi va mamlakatining bosh jamoasida ikki marta maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
19/09/2021 10:17
Ha unaqa kuchli emas ekanku