Yaxshiboev muxlislar tomonidan e’tirof etildi!
Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev harakat qilayotgan Soligorskning "Shaxtyor" klubi oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.
Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, 55% ovoz to‘plagan legionerimiz 1-o‘rinni egalladi. Yaxshiboev oktyabrda 2 o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan va 1 bor sheriklari goliga hammualliflik qilgan.
Shuningdek, vakilimiz gol+pas tizimida ham etakchi bo‘lib turibdi.

Fikrlar