Yaxshiboev Ukraina grandlarini kuchaytirishga qodir!

  • 21 dekabr, 2020, 23:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Jasur Yaxshiboev Belarusdagi faoliyati orqali mavsumning haqiqiy kashfiyoti bo‘ldi.

Tecno

Legioner sifatidagi ilk mavsumida iste’dodli hujumkor futbolchimiz Belarus oliy ligasida “Energetik-BGU” va “Shaxtyor” jamoalari sharafini himoya qildi. Har ikki klubda ham etakchilik va to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilgan futbolchimiz jamoaviy va shaxsiy yutuqlarga ega bo‘ldi.

20200727111526 (1)

Jasurning eng katta yutug‘i “Shaxtyor” tarkibida mamlakat chempionaligini qo‘lga kiritgani bo‘ldi. Bundan tashqari, 16 ta gol urgan hamyurtimiz to‘purarlar bahsida ikkinchi o‘rinni egalladi. Chempionat davomida 16 ta gol va oltita golli pas bilan jami 22 ochko jamg‘arib, oliy liganing eng foydali futbolchisi nomiga ham sazovor bo‘ldi.

Eng muhimi esa, u xalqaro miqyosda futbol jamoatchiligiga Jasur Yaxshiboev degan iste’dodli va istiqbolli futbolchi borligini ko‘rsata oldi.

Jasur Yaxshiboevni soligorskning “Shaxtyor”ga taklif qilgan sobiq bosh murabbiy Yuriy Vernidub Belarus futboli haqida gapirar ekan, Jasur Yaxshiboev to‘g‘risida ham iliq fikrlarini bildirib o‘tdi.

418518

- Belarusda ishlab, bu mamlakat futbolining saviyasi oshgani va chempionati kuchayganiga amin bo‘ldim. Ko‘pchilik Belarus chempionatiga o‘tganimni tanqid qilib, meni saviyasi past murabbiyga chiqarib qo‘ydi. Tushunmaganim, ular mening qay darajadagi murabbiy ekanimga qanday qilib baho bera olgani bo‘ldi. Avvalo, qachon va qaerda ishlashni men o‘zim hal qilaman. Men oddiy insonman va shu bilan birga murabbiyman ham.

Men Belarus chempionatini tanlab to‘g‘ri qilganman. Bu erda chempionlik kurashi oxirgi turnirning so‘nggi daqiqalarigacha davom etgani fikrimga dalil bo‘la oladi.

Belarus oliy ligasida Ukraina chempionatining kuchli oltiligidagi jamoalar bilan raqobatlasha oladigan klublar bor. Bu BATE, “Shaxtyor”, “Dinamo” Minsk, “Dinamo” Brest va “Torpedo-BelAZ”.

Shuningdek, bu erga xorijlik futbolchilar ham kela boshladi. Men oz bo‘lsa-da, zo‘r futbolchi bilan ishlashga muvaffaq bo‘ldim. Bu o‘zbekistonlik Jasur Yaxshiboev. Ishoning, Ukrainada bunaqa forvardlar juda kam. Agar u Ukrainaga kelsa, yuqori klassdagi futbolchi ekanini ko‘rsata oladi. Jasur Yaxshiboev Ukraina grandlari – “Dinamo” (Kiev) va “Shaxtyor” (Donetsk) jamoalarini  kuchaytirishga qodir. Jasur olib kelinsa, chempionatning kashfiyotiga aylanishi aniq, - dedi hozir Molodovaning “Sherif” jamoasini boshqarayotgan ukrainalik mutaxassis Yuriy Vernidub.

Jasur Yaxshiboev esa, chempionlik  o‘yini yakunlanishi bilan Soligorskning “Shaxtyor” jamoasini safini tark etgan. Futbolchimiz jamoaning taqdirlash marosimida ham ishtirok etmadi. Jasur klub etakchilaridan biri bilan kelisha olmay qolgani aytilgan edi.

Shunday bo‘lsa-da, Jasur Yaxshiboevga Kievning “Dinamo”sidan taklif bo‘lgani haqida xabarlar tarqatilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, yozda tomonlar dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan, biroq transfer summasi va maosh borasida kelisha olmagan.

Keyinroq, kievliklar Jasurni kelasi yil yozgacha kuzatib borishi va transfer masalasi 2021 yilning yozida hal etilishi haqida ma’lumotlar e’lon qilindi.

20200731_200007_1

Hozircha, transfer huquqi o‘z agentlariga tegishli ekani aytilayotgan Jasur Yaxshiboev jamoasiz yuribdi. Qishki transferlar vaqtida u o‘ziga yangi jamoa topishi kutilmoqda. Unga mamlakatimiz va xorij klublaridan takliflar borligi ta’min qilinmoqda.  

Yaxshiboevning “Dinamo Kiev”ga transferi nega amalga oshmadi?

Yaxshiboev “Shaxtyor”dan ketadi!

“Yaxshiboev qanday futbolchi ekanini tushunganim yo‘q!”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!