“Yaxshiboev qanday futbolchi ekanini tushunganim yo‘q!”

  • 1 dekabr, 2020, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionligini qo‘lga kiritgan “Shaxtyor” bosh murabbiyi Roman Grigorchuk jamoa etakchisi Jasur Yaxshiboev haqida gapirdi. Yaqinda ukrainalik mutaxassis o‘zbek futbolchisining  salohiyati hali yuz foiz ochilmaganini aytgandi. Jurnalistlar murabbiydan shu fikriga izoh va Jasurning  jamoada olib qolish imkoniyatlari haqida so‘radi.

Tecno

2851c5

- Men haqiqatan ham, Jasur Yaxshiboev hozirgidan bir necha barobar o‘ynay olishiga xizmat qiladigan katta salohiyatga ega, deb hisoblayman. Uni yomon futbolchi, deb bo‘lmaydi. U yanada kuchli bo‘lishi mumkin.

Buning uchun unga nima xalaqit qilayotganini aniqlashga mening etarli darajada vaqtim bo‘lmadi. Men uning dunyoqarashini oxirigacha anglab etganim va bir xulosaga kelganim yo‘q. Jasurni juda yaxshi bilaman, demayman. Unga maslahat berishim uchun, qolaversa, matbuot oldida u haqida chiqish qilishim uchun Jasurning qanday inson ekanini 101 foiz bilib olishim kerak.

Albatta, u bilan juda ko‘p narsalar haqida gaplashdik. Nimalarnidir tushuntirdim, kerakli gaplarni aytdim.

Keyin u menga kelib, unga aytganlarim to‘g‘ri ekanini, kuchli klublarni kuzatib, shunday xulosaga kelganini tan oldi. Bu Jasurning aqlli futbolchi ekanidan, mahoratini yanada rivojlantirishni xohlayotgani va bunga erisha olishidan dalolat beradi. Ko‘proq ishlash kerak.

Qolgan narsalar haqida gapirishga hali erta. Yaxshiboevning jamoada qolishi yoki boshqa joyga  ketishi haqida fikr bildirish qiyin, - dedi Roman Grigorchuk.

Jasur Yaxshiboev joriy yilning boshida Belarus chempionati oliy ligasiga ko‘chib borganidan keyin qisqa fursat ichida yuqori salohiyatli futbolchi ekanini ko‘rsata oldi. Avvaliga o‘rtamiyona hisoblangan “Energetik-BGU” futbolchilarini o‘z ortidan ergashtirib, peshqadam  jamoalar qatoriga olib kirgan hamyurtimiz birinchi davradan so‘ng, “talabalar” safini tark etdi.

14 ta uchrashuvda to‘qqizta gol urgan hujumkor futbolchimizni chempionlik uchun kurashayotgan Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan klubda ham o‘zbekistonlik legioner muqim o‘rnini topa oldi. Ikkinchi davrada ham yuqori saviyali o‘yin namoyish etgan Jasur 13 ta uchrashuvda ettita gol urib, jamoasining 15 yillik tanaffusdan keyin mamlakat chempioniga aylanishiga munosib hissa qo‘shdi.

000028_22D3CC27BC9424E5432585B10068C838_447764

Jasur Yaxshiboev Belarus chempionatiga o‘tishdan maqsad, o‘zining futbolchi sifatida katta salohiyatga egaligini ko‘rsatish, kelajakda kuchli jamoalarda o‘ynash ekanini yashirmay gapirgan edi. Belarus chempionati unga Evropa futboliga eshik ochib berishini ta’kidlagandi.

Iste’dodli futbolimiz bu mavsum oldiga qo‘ygan rejalarini to‘liq bajara oldi. O‘zini sifatli o‘yinchi va yanada o‘sishi aniq bo‘lgan iste’dod egasi sifatida namoyon etdi. Unga turli jamoalardan qiziqish bo‘layotgani ham bor gap. Jumladan, Belarus matbuoti o‘zbek legioneriga Evropa Chempionlar ligasida qatnashish borasida katta tajribaga ega bo‘lgan “Dinamo Kiev” va “Astana” klublaridan taklif bo‘layotganini yozdi.

Xulosa qilib aytganda, Jasur Yaxshiboevni oldinda katta va jiddiy o‘zgarishlar, yangiliklar kutib turganga o‘xshaydi. Yaqinda “Paxtakor” tarkibiga kira olmay yurgan futbolchi oldida bugun tanlov imkoniyati ham vujudga kelmoqda. Eng muhimi, Jasur Yaxshiboev o‘z oldiga katta maqsad qo‘yadigan va unga etishish uchun to‘xtamay harakat qiladigan futbolchi ekanini isbotlay oldi.

Chempion Yaxshiboev - mavsumning eng yaxshi futbolchisi!

Yaxshiboev tabriklarni qabul qilmoqda!

Jasur Yaxshiboev, chempionlik muborak!

Yaxshiboevni qanday sovrin kutyapti?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
02/12/2020 10:39
Пахтакор бу Шахтёрни ёриб тащили
Узбекистон чемпионат кучли белорусдан
&
goyifovumarjon
01/12/2020 19:29
Шахтиёр билан Пахтакор узаро уйин утказиш керак,шунда билинади Яхшибоевни кандай уйинчи эканлиги