Yaxshiboevning dubli raqibni nokaut qildi
Belarus jamoalari mamlakat kubogining 1/16 final uchrashuvlarini o‘tkazdi. Ushbu bosqich bitta o‘yindan iborat bo‘ldi. Kuchlar teng kelgan taqdirda, qo‘shimcha vaqt belgilandi. Qoidada shunda ham g‘olib aniqlanmasa, penaltilar seriyasi o‘tkazilishi belgilangan.
O‘zbekistonlik legioner o‘ynayotgan Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi safarda “Gomel” bilan kuch sinashdi.
Gomel shahrida “Markaziy” stadionida kechgan o‘yinning 10-daqiqasida hisobni Artyom Arxipov ochdi. Birinchi bo‘lim mehmonlarning kichik hisobdagi ustunligida yakunlandi. Bellashuvning ikkinchi yarmida “Shaxtyor”ning avstriyalik legioneri Darko Bodul hisobdagi farqni oshirganidan keyin, 57-daqiqada o‘z o‘rnini Jasur Yaxshiboevga bo‘shatib berdi.

Muhim uchrashuvda ikkita to‘p farqi bilan oldinga chiqib olgan soligorskliklar ancha xotirjamlikka berildi. Bundan “Gomel” unumli foydalandi. O‘z muxlislari ko‘z o‘ngida engilishni istamagan futbolchilar bor e’tiborini hujumlarga qaratdi. Jamoa sardori o‘yin yakunlanishiga chamasi 10 daqiqa qolganida “Shaxtyor darvozasini ishg‘ol qilib, hisobdagi farqni minimal ko‘rinishga olib keldi. Ruhiyati ko‘tarilgan mezbonlar bu yog‘iga mag‘lubiyatdan qutilib qolish uchun hujumga zo‘r berdi.
Ana shunday murakkab pallada katta sahnaga Jasur Yaxshiboev chiqdi. O‘yinning eng qaynoq qismi – so‘nggi daqiqalar o‘tib borayotgan pallada o‘zbek futbolchisi “Shaxtyor”ning uchinchi to‘pini kiritib, mezbonlarning umidini so‘ndirdi. Jasur yana bir daqiqadan keyin ikkinchi golini urdi. Bu aniq zarba “Gomel” futbolchilarini tamoman nokautga uchratdi.
Raqib maydonida 1:4 hisobini qayd etgan “Shaxtyor” keyingi bosqichga chiqdi.
Yana bir hamyutimiz – Shahboz Umarov to‘p surayotgan “Energetik-BGU” futbolchilari Belarus kubogi doirasida bellashuvni ikkinchi divizion vakili “Orsha” jamoasi maydonida o‘tkazdi. Raqibdan har tomonlama ustunligini namoyish etgan minskliklar 6:1 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa, har ikki futbolchimiz musobaqaning keyingi bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Natijalar bilan tanishing:
Gomel (D2) - Shaxter (Soligorsk) - 1:4
Gollar: 0:1 - Arxipov (11). 0:2 - Bodul (55). 1:2 - Yudenkov (81). 1:3 - Yaxshiboev (90+1). 1:4 - Yaxshiboev (90+2).
Meliorator (Jitkovichi, D3) - Dinamo (Brest) - 0:3
Gollar: 0:1 - Laptev (51). 0:2 - Krivets (54). 0:3 - Sedko (76).
Sputnik (Rechitsa) (D2) - Belshina (Bobruysk) - 3:2 qo‘shimcha vaqtda
Gollar: 0:1 – Solanovich (47). 1:1 - Potorcha (76, penaltidan). 1:2 - Glebko (80, penaltidan). 2:2 - Potorocha (82, penaltidan). 3:2 - Potorocha (105).
Granit (Mikashevichi, D2) - BATE (Borisov) - 0:5
Gollar: 0:1 - Mukam (12). 0:2 - Bessmertnyy (16). 0:3 - Villyumsson (53). 0:4 - Kopitovich (66). 0:5 - Gaevoy (90).
Arsenal (Dzerjinsk, D2) - Smolevichi - 4:1 qo‘shimcha vaqtda
Gollar: 0:1 - Щegrikovich (12). 1:1 - Patsko (42). 2:1 - Senko (95). 3:1 - A.Abramovich (104). 4:1 - Matyash (112).
Dnepr-Mogilev (D3) - Isloch (Minskiy r-n) - 1:2
Gollar: 1:0 - V.Kabyshev (23). 1:1 - Yansane (53). 1:2 - Yansane (88).
Orsha (D2) - Energetik-BGU (Minsk) - 1:6
Gollar: 0:1 - Bakich (12). 0:2 - Bakich (29). 0:3 - Vigovskiy (32). 1:3 - Tixomirov (54). 1:4 - (57). 1:5 - Bakich (85). 1:6 - Musaxanyan (88, penaltidan).
Volna (Pinsk, D2) - Slaviya (Mozir) - 0:4
Gollar: 0:1 - Grechixo (25, avtogol). 0:2 - Kotlyarov (40). 0:3 - Kotlyarov (47). 0:4 - Slyusar (82, penaltidan).
Lokomotiv (Gomel, D2) - Slutsk - 0:2
Gollar: 0:1 - Sirima (20). 0:2 - Kozlov (57, penaltidan).
Baranovichi (D3) - Vitebsk - 0:6
Gollar: 0:1 - Fedosov (5). 0:2 - Fedosov (15). 0:3 - Diego Santos (33). 0:4 - Chexov (37, avtogol). 0:5 - Gurenko (39). 0:6 - Fedosov (44).
Ximik (Svetlogorsk, D2) - Rux (Brest) - 0:3
Gollar: 0:1 - Oreshkevich (18). 0:2 - Petrenko (68), 0:3 - Chukvuemeka (82).
Naftan (Novopolotsk) (D2) - Gorodeya - 0:2
Gollar: 0:1 - Pushnyakov (45+1, so shtrafnogo). 0:2 - Arxipov (75, penaltidan).
Fikrlar