
Yaya Ture faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin
Ilgariroq, Kot-d'Ivuar terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Yaya Ture futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida xabar bergandik.
Turening agenti Dmitriy Selyukning so‘zlariga ko‘ra, Yaya murabbiylik faoliyatini Rossiya yoki Ukraina chempionatlarida boshlashi mumkin.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli Yaya Ture faoliyati davomida "Beveren", "Metallurg", "Olimpiakos", "Monako", "Barselona" va "Manchester Siti" kabi klublarda to‘p surgan. U Kot-d'Ivuar terma jamoasida esa 101ta o‘yinda maydonga tushib, 19ta gol urishga erishgan.
Fikrlar