"Yirtqich" yana jang qiladi! Raqib va jang sanasi ma’lum
29 iyul kuni Qozog‘istonning Almati shahrida "Oktagon 33" turniri tashkil etiladi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha ushbu kechada "Yirtqich" nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik O‘g‘iloy Nasimova ham navbatdagi jangini o‘tkazadi.
U Belarus vakilasi Tatsiyana Firsavaga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Firsava professional faoliyati mobaynida 4 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan. Birgina mag‘lubiyatni u hozirda UFC da o‘z janglarini o‘tkazayotgan Yuliya Stolyarenkodan qabul qilib olgan.
Ma’lumot uchun, vakilamizning rekordi 3-4 ko‘rinish olgan va u so‘ngi jangini aynan ushbu promoushenda Aygerim Shabdanbekovaga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongandi.
Fikrlar