
Yoaxim Lev "Bavariya" transferini tanqid qildi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev Aleksandr Nyubelning "Bavariya"ga transferi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Ayni damda Nyubel "Shalke"da to‘p surmoqda, biroq futbolchining shartnomasi 2020-yil yozida yakuniga etadi va u erkin agent sifatida "Bavariya" tarkibini to‘ldiradi.
23 yoshli darvozabon Manuel Noyeri bor myunxenliklar safida etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi so‘roq ostida.
"Men yosh futbolchilar ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini xohlayman. Shundagina ular o‘sishi mumkin. Agar 20 yoshli futbolchi boshqa klubga o‘tsa va u erda ikki uch yil zahirada qoladigan bo‘lsa, buni foydali bo‘ladi deb o‘ylamayman", - murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.
Oldinroq, Noyer Nyubelning transferi uning "Bavariya"dagi kelajagiga ta’sir qilmasligi haqida aytib o‘tgan edi. 33 yoshli darvozabon bilan nemis klubi o‘rtasidagi shartnoma keyingi mavsum so‘nggida yakuniga etadi.
Fikrlar