Yorqin Nazarov "Andijon"ni tark etdi

  • 4 avgust, 2021, 13:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubida hisob bo‘yicha mavsum boshidan beri uchinchi bosh murabbiy ish boshladi. Yaqinda jamoaga rossiyalik Viktor Kumikov kelganidan xabardorsiz. Unga qadar esa “Andijon”ga Yorqin Nazarov ustozlik qilib kelayotgandi.

Tecno

Ma’lumki, chempionatni andijonliklar Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligida boshladilar. 5-turdan keyin ushbu murabbiy iste’foga chiqarildi. Bosh murabbiy vazifasini esa Yorqin Nazarov bajarishga kirishdi. “Andijon” mazkur mutaxassis boshchiligida ettita o‘yin o‘tkazdi va shundan oltitasida mag‘lubiyatga uchradi.

Yodingizda bo‘lsa, 12-turda Namanganda “Navbahor” ustidan tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, Nazarov “Andijon”dagi faoliyatini davom ettiradigan bo‘lgandi. Jamoa yozgi yig‘inni ham asosan uning boshchiligida o‘tkazdi.

Lekin Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, “Turon”ga qarshi bahsga yaqin Kumikovning kelishi tufayli Yorqin Nazarov “Andijon”ni o‘z ixtiyori bilan tark etishga qaror qildi. 

Tez orada Yorqin Nazarov bilan uyushtirilgan suhbatni Sports.uz saytida o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
04/08/2021 21:15
Ёрк,инжон х,еч бу'лмаса у'смир 21 да мураббийлик к,илса бу'ларди бекор кетибди