Yosh dzyudochilarimiz Osiyo ochiq kubogini birinchi o‘rinda yakunladi

  • 31.07.2023 11:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
Poytaxtimizda 4 kun davom etgan dzyudo bo‘yicha Osiyo ochiq kubogi o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vazn toifasidagi yosh sportchilar o‘rtasida bahslar o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.  Quvonarlisi, aksariyat vazn toifalaridagi bellashuvlar o‘zbekistonlik dzyudochilarning g‘alabasi bilan yakunlandi. 
 
O‘smirlar toifasida yurtdoshlarimiz 12 ta oltin, 11 ta kumush va 20 ta bronza medali bilan peshqadamlik qilishgan bo‘lsa, yoshlar o‘rtasidagi bahslarda 11 ta oltin, 12 ta kumush va 18 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Musobaqaning taqdirlash marosimida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!