Yosh qilichbozlar mamlakat chempionatida raqobatlashmoqda

CHERY AUTO

Jizzax shahridagi «Kibersport arenasi»da qilichbozlikning shpaga va rapira yo‘nalishi bo‘yicha U13 yosh toifasida mamlakat chempionati o‘tkazildi.

Tecno

Musobaqaning shpaga yo‘nalishidagi jamoaviy bahslarda Andijon viloyati jamoasi o‘g‘il bolalar orasida g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, qoraqalpog‘istonlik shpagachi qizlar oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Chempionatning rapira qurolida o‘tkazilgan yakkalik bellashuvlarida Selimxon  Mustafaev barcha raqiblarini enggan holda shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Qizlar o‘rtasida esa Rayana Tashimova O‘zbekiston chempioniga aylandi. Jamoaviy bahslarda "Andijon 1" jamoasi o‘g‘il bolalar o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!