Yosh tennischilarimizning muvaffaqiyatlari

  • 23 yanvar, 2020, 11:49
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Tennischilarimiz Germaniya Rossiya va Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan turnirni muvaffaqiyatli boshladi.

Tecno

Germaniyada o‘tayotgan "F1 Futures M25" musobaqasining 1/16 final bosqichida Sanjar Fayziev mezbonlar vakili Daniel Mazurni 0:6, 6:4, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Rossiyada turnirning ilk bosqichida o‘tgan o‘zbek derbisida Sergey Fomin yosh tennischimiz Saida’lo Saidkarimovni 6:3 6:0 hisobida enggan bo‘lsa, Jo‘rabek Karimov mezbonlar vakili Danil Spasiboni 7:6, 6:0 hisobida taslim qildi.

O‘smirlar o‘rtasida Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tgan turnirning ikkinchi davrasida Bekzod Rasamato, Aziz Dadabaev, David Bagrinovskiy, Aziz Niyozov chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!