Yoshlarimiz Tallindagi jahon chempionatida ishtirok etishadi
Joriy yilning 12-18 avgust kunlari Estoniya poytaxti Tallin shahrida sport kurashlari (erkin kurash, yunon-rum kurashi, sportning ayollar kurashi) bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada yoshlar terma jamoamiz ham deyarli to‘liq tarkibda ishtirok etmoqda. Jahon chempionatiga vakillarimiz Xasan Qaxxorov boshchiligida 10 avgust kuni uchib ketishadi. Kurashchilarimizga musobaqa davomida katta murabbiylar Isroil Siddiqov, Adhamjon Ochilov va murabbiylar Aziz Ulaxunov, Arsen Sharashenidze, Hojimurod Nasriddinov hamda Bahshillo Jo‘raevlar ko‘rsatmalar berib borishadi. Delegatsiyamiz tarkibidan hakam Toxir G‘ulomov ham o‘rin olgan. Mazkur referi bevosita jahon chempionati baxslarini boshqarish uchun taklif etilgan.
Kurashchilarimiz tarkibi esa quyidagicha ko‘rinish olgan...
Erkin kurash
57 kg
Sardor Ro‘zimov
61 kg
Feruz Yoqubov
65 kg
Bobur Islomov
86 kg
Muxammadrasul Raximov
92 kg
Ajiniyoz Saparniyozov
97 kg
Maqsud Veysalov
Yunon-rum kurashi
55 kg
Ixtiyor Botirov
60 kg
Muxammadqodir Yusupov
63 kg
Javohirbek Samatov
67 kg
Umidjon Axrorov
72 kg
Alijon Xuseynov
77 kg
Dilshod Omongeldiev
97 kg
Ismoil Asanov
130 kg
Ilyosbek G‘ulomjonov
Ayollar kurashi
50 kg
Jasmina Immaeva
53 kg
Shohida Ahmedova
62 kg
Aruxan Jumaboeva
65 kg
Dinora Rustamova
72 kg
Svetlana Oqnazarova
76 kg
Muxlisa Normo‘minova

Fikrlar