
Yozgi chillada ham futbol o‘ynaladimi? Jahon chempionatigacha Superliga yakunlanadimi? - Diyor Imomxo‘jaevdan javob
Ayni paytda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi va milliy terma jamoalar ishtirokida qit’a saralashi o‘tkazilmoqda. Ushbu bellashuvlardan so‘ng ichki musobaqalar davom ettiriladi.
Bir necha kundan so‘ng yozning issiq mavsumi boshlanadi va bu payt futbol o‘ynaladimi? Umuman olganda, noyabrda jahon chempionati start oladi. Ungacha O‘zbekistonda futbol mavsumi yakunlanadimi? Bu savollarga PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida javob berdi.
- Qatardagi jahon chempionati shu yilning 21 noyabr kuni start oladi. O‘zPFL mavsumni 20 noyabrga qadar yakunlash va kelasi mavsumni fevral o‘rtasida boshlash, yozdagi 40 kunlik chilla vaqtida (2023 yildan boshlab) futbol uchrashuvlarini to‘xtatish ustida ishlayapti. Tez orada O‘zPFL Ijroqo‘mi yig‘iladi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Demak, bu mavsum yozning chillasida futbol bahslari o‘tkaziladi. Keyingi yili chilla payti to‘xtatib turiladi.
Fikrlar