Yugurishni o‘rgan! Superfutbolchi “Barsa” talabiga to‘g‘ri kelmadi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” klubi sport bo‘limi Dortmundning “Borussiya” klubidan markaziy himoyachi Niko Shlotterbekni olish variantidan to‘liq vos kechdi.
Bu haqida Sport.es sayti xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi mutasaddilari nemis futbolchisining ko‘plab foydali sifatlari borligi tan oladi, biroq Nikoda “Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik o‘yin uslubiga moslashish uchun yetarli tezlik yo‘q, deb hisoblanmoqda.
“Barselona” 26 yoshli himoyachini imzolash uchun boshqa klublar bilan yakuniy kurashda ishtirok etmaydi va e’tiborini boshqa variantlariga qarataдиган bo‘ldi.
Joriy mavsumda Shlotterbek barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.
Fikrlar