Yulian Brandt: "Ikki muhim ochkoni yo‘qotdik"

  • 11.12.2025 17:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Borussiya Dortmund" UEFA Chempionlar Ligasining oltinchi turida Norvegiyaning "Budyo-Glimt" jamoasi bilan o‘ynadi va 2:2 hisobida durangga imzo chekdi. "Sariqlar"ning hujumkor yarim himoyachisi Yulian Brandt bahs haqida fikr bildirdi.

"Men juda xafa bo‘ldim. Jamoamiz ikki muhim ochkoni yo‘qotdi. Imkoniyatlarimizni ko‘kka sovurganimizdan noroziman. "Borussiya" g‘alaba qozonishi kerak edi", - deya futbolchining so‘zlarini keltirdi UEFA matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, olti turdan so‘ng Niko Kovach jamoasi 11 ochkoga jamg‘argan holda turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!