“Yunayted”ga borsam, birinchi Ronalduni haydayman!
“Manchester Yunayted”ni boshqarishga asosiy nomzod sifatida e’tirof etilayotgan Erik ten Xag manchesterliklar to‘purari Krishtianu Ronaldudan voz kechishga tayyorligini bildirdi.
Daily Mail nashrining yozishicha, 37 yoshli portugaliyalik hujumchi niderlandiyalik mutaxassis “Manchester Yunayyted”da qo‘llamoqchi bo‘layotgan o‘yin sxemalariga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun Erik ten Xag Angliyaga boradigan bo‘lsa, yozda Ronalduning jamoadan ketishini istayapti.
Krishtianu Ronaldu bu mavsumda “Manchester Yunayted”ning eng zo‘r to‘purari hisoblanadi. Tajribali hujumchi hozircha 34 ta uchrashuvda 18 ta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda yakunlanadi.

Fikrlar