Yunon-rum kurashchilarimiz Qozog‘istonda sovrindor bo‘lishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

19-22 iyun kunlari Qozog‘istonning Shimkent shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha akademik M.Saparbaev xalqaro ochiq  turniri bo‘lib o‘tdi. Joriy turnir o‘z an’anasiga ega bo‘lib, unda turli mamlakatlarning kuchli kurashchilari ishtirok etadi. Mazkur musobaqa hisob bo‘yicha XXVI bor o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan hamyurtlarimiz ham sovrindorlar qatoridan o‘rin olib, jami beshta medalni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, 55 kg vazn toifasida J.Mirahmedov kumush, 72 kg da D.Morozov kumush, 87 kgda M Shamsitdinov ham kumush medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, eng og‘ir 130 kg vazn toifasida D.Raxmatov ham shoxsupaning ikkinchi o‘rnini band etdi. Yana bir 130 kgda gilamga tushgan T. O‘rinboev esa bronza medalini qo‘lga kirita oldi.

erik

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shavkat_boy
23/06/2019 12:16
Eeee gap yo omad yana shunaqa g'alabalar qozonaversun