Yurgen Klopp UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan ilk nemis murabbiyi bo‘ldi

  • 15 avgust, 2019, 09:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Istanbulda “Liverpul” va “Chelsi” klublari o‘rtasida UEFA Superkubogi uchun bahsi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 2:2 hisobida durang bilan yakulangach g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa omad mersisaydliklarga kulib boqdi.

E’tiborlisi, shu tariqa “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp UEFA Superkubogida g‘olib chiqqan ilk nemis murabbiyga aylandi. Shu kungacha germaniyalik murabbiylarning birortasi ushbu kubokni qo‘lga kirita olmagan.

Masalan, 2001 yil Ottmar Xittsefld “Bavariya” bilan birga “Liverpul”ga yutqazgan. 1992 yil “Verder”ni boshqargan Otto Rexagel “Barselona”ga yutqazgan. 1982 yil Udo Latteka “Barselona” bilan birga “Aston Villa”ga imkoniyatni boy bergan. Dettmar Kramer esa “Bavariya” bilan naqd 2 marta UEFA Superkubogini yuta olmagan: 1976 yil “Anderlextga”, 1975 yil “Dinamo” Kievga yutqazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!