
Remzi, Kosta, Sandro yoki Bernardeski: "Yuve" MYu uchun turli variantlarni taklif qilmoqda
Italiyaning "Yuventus" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani qaytarish rejasidan voz kechmoqchi emas.
Ingliz matbuoti xabariga ko‘ra, turinliklar moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgani sabab "qizil iblislar" uchun turli transfer takliflarini tayyorlashmoqda.
Unga ko‘ra, "Yuve" MYu talab qilayotgan 100 million evro o‘rniga, Duglas Kosta, Aleks Sandro, Federiko Bernardeski, Aaron Remzilardan biri va qo‘shimcha tovon puli to‘lamoqchi.
Joriy mavsumning katta qismini jarohatini tiklash bilan o‘tkazayotgan frantsiyalik futbolchi MYu libosida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar