
“Yuve” yanvarda ettita futbolchi oladi
A Seriyada yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Yuventus” qishki transferlar vaqtida tarkibini keskin kuchaytirishga qaror qildi.
La Gazzetta dello Sport nashrining ta’kidlashicha, Turin superklubi etti nafar o‘yinchi kiritilgan ro‘yxat shakllantirdi.
“Yuventus”ning asosiy transfer nishoni “Tottenxem” o‘yinchisi Per-Emil Xoyberg bo‘ladi.
Bundan tashqari, turinliklar “Sassuolo”dan Domeniko Berardi, “Udineze”dan Lazar Samardjich, “Monako”dan Yusuf Fofana, “Borussiya Myonxengladbax”dan Manu Kone, “Strasbur”dan Xabib Diarra va “Shaxtyor Donetsk”dan Georgiy Sudakovni transfer qilishni rejalashtirgan.
Fikrlar