"Yuventus" APL toʻpurarini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

  • 23.01.2026 16:19
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" "Kristal Pelas" futbolchisi Jan-Filipp Matetani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqida insayder Nikola Skira xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, turinliklar hujumchi uchun "burgutlar"ga 33 million evrodan ortiq to‘lamasligini ma’lum qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, "Yuventus" Matetani YEChLga chiqish sharti va majburiy sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirgan. 

Fransiyalik forvardning ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 40 million evroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi joriy mavsum "Kristal Pelas" safida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!