«Yuventus» APLdan futbolchi sotib olishi mumkin

  • 12.06.2026 12:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Sassuolo» klubi markaziy himoyachisi Tarik Muharemovich yana «Yuventus» safida paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqida insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

 

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Turin klubi 23 yoshli bosniyalik futbolchini qaytarib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Yuventus» o‘tgan yil yozida Muharemovichni ikki million yevro evaziga sotgan, biroq himoyachi huquqlarining 50 foizi hali ham turinliklar qo‘lida qolgani aytilmoqda.

 

Avvalroq Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi a’zosiga Angliyaning «Bornmut» klubi 35 million yevro taklif qilishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

 

Shuningdek, futbolchiga «Tottenxem» jamoasi ham jiddiy qiziqish bildirgani qayd etilgan.

Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida Muharemovich 32 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki bor gol urdi va yana ikki marta golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!