"Yuventus"da yana bir Janluiji paydo bo‘lishi mumkin

  • 9 aprel, 2020, 11:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma uchun kurashga qo‘shildi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “keksa sinora” 21 yoshli posbon evaziga “rossonerilar”ga o‘z hujumchisi Federiko Bernardeskini berib yuborishga tayyor.

Bernardeski joriy mavsum “Yuventus” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.

26 ta o‘yinda ishtirok etgan Donnarumma esa shularning 9 tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Unga esa “Chelsi”dan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!