"Yuventus" Donnarummaga hozirgi maoshidan 3 barobar ko‘p maosh taklif qilmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi "Milan" darvozaboni Janluiji Donnarummaga uzoq yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda Sport Mediaset nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” 20 yoshli posbonga 5 yillik shartnoma va yiliga 9 mln evro maosh taklif qilishga tayyor. Taqqoslash uchun, Donnarumma ayni damda “Milan”da yiliga 3 mln evro maosh olmoqda.
Ma’lumot uchun, Donnarumma joriy mavsum A Seriyada 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 23 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar