
“Yuventus” Evropa chempioniga taklif jo‘natdi
Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, “Keksa seniora” Evropa ligasida g‘olib bo‘lgan “Atalanta” etakchisi Ten Kopmeynersni sotib olmoqchi.
Turin klubi avvalroq, niderlandiyalik futbolchi uchun 45 million evro taklif qilgan edi. Biroq, bergamoliklar bu summani qabul qilishmadi. Endilikda, “Yuventus” futbolchi uchun 50+7 million evro sarflamoqchi.
Kopmeynersning o‘zi may oyidayoq “zebralar”ning taklifini qabul qilgan. Xavbek o‘tgan mavsum Italiya chempionatida 34 uchrashuvda 12 ta gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan. U jarohati tufayli Niderlandiya terma jamoasiga yordam bera olmagan edi.
Fikrlar