"Yuventus" himoyachisi faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishga juda yaqin turibdi
"Manchester Siti" klubi "Yuventus" himoyachisi Joau Kanseluning transferi bo‘yicha deyarli kelishuvga erishib bo‘ldi. Bu haqda Goal.com nashri xabar tarqatmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda “shaharliklar” 24 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun “keksa sinora”ga 60 mln evro to‘laydi.
Qayd etish lozimki, “Siti” bu borada hamshahari “Manchester Yunayted”ni dog‘da qoldirdi. Boisi, Kanselu uchun “qizil iblislar” ham da’vogarlik qilishayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Joau Kanselu joriy mavsum “Yuventus” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar