"Yuventus" hujumchisi Emeri sabab "Arsenal"ga o‘tishni xohlamadi

  • 31.07.2019 11:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Moyze Kin nega "Arsenal"ga o‘tishni xohlamayotgani sababi ma’lum bo‘ldi.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli italiyalik futbolchi “kanonirlar” bosh murabbiyi Unai Emeri bilan bo‘lgan suhbatdan so‘ng shunday qarorga kelgan. Gap shundaki, ispaniyalik mutaxassis unga asosiy tarkibda o‘ynashni kafolatlamagan, bu esa futbolchiga yoqmagan.

Ma’lumotlarga qaraganda Kin katta ehtimol bilan “Everton”ga ko‘chib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!