
"Yuventus" uch etakchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Yuventus" Janluidji Buffon, Jorjo Kellini va Blez Matyuidilar bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda Goal.com sayti Corriere de Torino'ga asoslanib xabar tarqatdi.
Ularning turinliklar bilan amaldagi kelishuvi joriy yilning 30 iyun sanasida yakunlanadi. Xabarda aytilishicha, ularning har uchchalasi ham "keksa sinora" bilan 1 yillik shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli "Yuventus" sardori Jorjo Kellini bu mavsum jarohat bois ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi va bor yo‘g‘i 3 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
42 yoshli Buffon esa 11 bellashuvda "Yuventus" darvozasini qo‘riqladi. 32 yoshli Blez Matyuidi 24 uchrashuvda ikkita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Eslatib o‘tamiz unda COVID-19 koronavirusi aniqlangan edi.
Fikrlar