
"Yuventus" naqd 14 nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi
"Yuventus" rahbariyati jamoa tarkibini tozalashni rejalashtirgan. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.
Manbaning yozishicha, “keksa sinora” shartnomasi yakuniga etadigan 14 nafar futbolchini shu yozda qo‘yib yuborishi mumkin. Bu ro‘yxatga Voytsex Щesni, Daniele Rugani, Mattia de Shilo, Din Xeysen, Filip Kostich, Ueston Makkenni, Matias Sule, Artur Melo, Arkadiush Milik, Federiko Keza, Stefano Gori, Janluka Frabotta, Fakundo Gonsales va Marli Ake kiritilgan.
“Yuventus” o‘tgan mavsum A Seriyada uchinchi o‘rinni egalladi. Chempion bo‘lgan “Inter” bilan oradagi farq esa 24 ochkoni tashkil qildi. Shundan so‘ng Massimiliano Allegri "Yuventus" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga esa "Bolonya"da ishlagan Tiago Motta tayinlandi.
Fikrlar