“Yuventus” nishonidagi Shomurodovni Italiyada Ibrohimovichga tenglashtirishmoqda!

  • 9 yanvar, 2021, 06:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya matbuoti Eldor Shomurodov haqida tinimsiz yozayotgani, “Yuventus”dek klub o‘zbek hujumchisini olishga qiziqa boshlagani, mutaxassislar uning faoliyatini jiddiy kuzatayotgani va muxlislar uni qo‘llab-quvvatlayotgani hamyurtimiz kuchli beshlik chempionatlaridan birida o‘z o‘rnini topganidan dalolat beradi.

Tecno

Avval aytilganidek, Eldor Shomurodovning ancha murakkab bo‘lgan A Seriyada o‘ynab keta olishi, o‘zbek futbolining haqiqiy reklamasi bo‘ladi.

RTX8FW5N

“Jenoa”ning safarda “Sassuolo”ga qarshi o‘tkazgan o‘yinida Eldor Shomurodov raqib darvozasiga gol kiritganidan keyin uning muxlislari safi yanada kengaydi. Buni genuyaliklarning internetdagi rasmiy sahifalarida futbol ishqibozlari qoldirayotgan postlardan ham bilib olish mumkin.

E’tiboringizga “Jenoa” muxlislarining Eldor haqidagi fikrlarini havola qilamiz.

Antonio Dalia:

Agar Ballardini Shomurodovni boshlang‘ich tarkibga qaytarmasa, men uni umuman tushunmayman va buni qabul qilmayman.

Franco Truscello:

Shomurodov oxirgi paytda meni asosiy tarkibda maydonga tushishga loyiq ekaniniga ishontirdi. “Sassuolo”ga qarshi uchrashuvdagi o‘yini men uchun kashfiyot bo‘ldi.

Dario Reginelli:

Agar Shomurodovni ko‘proq to‘p bilan ta’minlashganida, biz yutqazib qo‘ymasdik.

Ariano Merlo:

Eldor o‘z transferini oqlay boshladi. Yangi mamlakatda ikkita gol urgani va ikkita golli pas bergani bu aslida muvaffaqiyatdir.

Marco Sardini:

“O‘zbek Ibrohimovichi” bosh bilan qanday gol urish kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi. Uning qanday o‘ynayotganiga, paslariga, xavfli zarbalariga e’tibor bering. Menimcha,Eldor yozning eng yaxshi transferi!

426219_2

Tillo Scarponi:

Endi Ballardini Shomurodovga ko‘proq ishonishi kerak. Eldor va Mattia Destro hujumdagi asosiy qurolimiz.

Mirco Pesci:

Shomurodovni omadsiz transfer, deganlar qanday ahmoqona ahvolga tushib qoldi ekan? O‘zbek hujumchisi hali to‘purar bo‘ladi!

Edoardo Valentini:

Yutqazganimiz albatta alamli. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerak. Masalan, jamoamiz murabbiylari hujumda Shomurodovni o‘ynatishi va Destro unga yordamchi sifatida maydonga tushirishi lozim. Ular birga zo‘r o‘ynayapti. Shomurodov va Skamakka tandemi kuchli emas. Ikkita baquvvat yigit oldinda turibdi, futbol emas basketbol o‘ynayotganga o‘xshaymiz.

Shomurodovga superklubdan qachon joy ochiladi?

Yaxshiyam Shomurodov bor ekan!

Super gol urgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!