"Yuventus" oʻz futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda
"Yuventus" yarim himoyachisi Ueston Makkenni bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. "Transfermarkt" ma’lumotiga ko‘ra, amerikalik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘ngigacha mo‘ljallangan.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko‘ra, futbolchining vakillari maoshni hozirgi miqdoridan ikki barobarga oshirishni talab qilmoqda. Ayni paytda Makkenni yiliga 2,5–3 million yevro atrofida daromad oladi. Qayd etilishicha, bonuslar qismi deyarli har doim bajarilgan. Klub esa maoshni oshirishga tayyor, biroq agentlar qo‘yayotgan barcha talablarni to‘liq qondirish niyatida emas.
Joriy mavsum A Seriya doirasida 27 yoshli yarim himoyachi 24 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar