
"Yuventus" Pogbaning transferi uchun 4 ta futbolchi bermoqchi
Italiyaning "Yuventus" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning transferi uchun bir qator futbolchilarini qo‘shib bermoqchi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turin klubi Pogba uchun hujumchi Mario Manjukich, himoyachisi Daniel Rugani, yarim himoyachilar Emre Jan va Blez Matyuidi bilan xayrlashishga tayyor.
Ammo MYu Pogbani qo‘yib yuborishi qiyin bo‘ladi. "Yuventus" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri esa jamoadagi muvozanatni saqlashda frantsiyalikni muhim futbolchi deb biladi.
Shu qatorda, turinliklar himoyachisi Daniel Ruganiga "Milan" klubi tomonidan qiziqish ham bor.
Fikrlar