
"Yuventus" Raboning narxini e’lon qildi
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo katta ehtimol bilan faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradi. Unga “Arsenal” va “Everton” klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Sport Mediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi joriy qishki transferlar davridayoq amalga oshirilishi kutilmoqda. “Keksa sinora” rahbariyati esa uni 25-30 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Rabro “Yuventus” safiga 2019 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum A Seriyada 9 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar