"Yuventus" Ronaldu o‘rniga "Barsa" tarbiyalanuvchisini olib kelmoqchi

"Yuventus" PSJ hujumchisi Mauro Ikardiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Tuttosport" nashri xabar tarqatdi. 

Turin klubi hujumchi Krishtianu Ronaldu kutilmaganda jamoani tark etishidan xavfsiramoqda va uning o‘rniga o‘rinbosar izlashni boshlab yuborgan. 

Ikardining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali "Barsa" tarbiyalanuvchisini 55 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!