“Yuventus” Ronalduga narx belgiladi, “Siti” shuncha to‘lashga tayyormi?

  • 25.08.2021 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Krishtianu Ronaldu yozgi transferlar yakunlangunga qadar yangi jamoaga o‘tib ketishni istamoqda. Portugaliyalik yulduz to‘purar hujumchiga ehtiyoj sezayotgan “Manchester Siti”ga o‘tmoqchi bo‘lyapti.

“Yuventus” shartnomasi yana bir yil davom etadigan hujumchini tezroq sotib yubormoqchi. Klub rahbariyati xaridorni qochirmaslik uchun Ronalduni 25-30 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.

“Manchester Siti” esa 36 yoshli futbolchiga buncha to‘lashga rozi bo‘lmadi. Qolaversa, “shaharliklar” hamon Harri Keyn transferidan umid uzgani yo‘q.

Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlari juda qizg‘in o‘tadigan ko‘rinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!