"Yuventus" Ronalduga o‘rinbosar topdi

  • 18 sentabr, 2021, 18:25
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Yuventus» rahbariyati bu yozda jamoani tark etgan Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar izlashda davom etmoqda.

Tecno

Italiyaning "Calciomercato" nashri xabariga ko‘ra, "Yuventus" PSJ futbolchisi Mauro Ikardi bilan qayta muzokaralar o‘tkazishni boshlagan. Transferlar oynasining so‘nggi kunlarida turinliklar argentinalik bilan shartnoma tuzishga ulgura olmagan edi.

Ikardiga joriy mavsum "PSJ"da aniq joy kafolatlanmagan. Futbolchi Lionel Messi jamoaga kelganidan keyin etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmaydi. Transfermarkt portali hujumchining narxini 40 million evroga baholamoqda.

Ikardi joriy mavsum parijliklar safida Liga 1 doirasida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!