“Yuventus” Ronalduning o‘rniga hujumchi oladigan bo‘ldi

  • 10.09.2021 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Asosiy to‘purari Krishtianu Ronalduni “Manchester Yuayted”ga transfer qilgan “Yuventus” kelasi yoz ko‘p gol ura oladigan hujumchi oladigan bo‘ldi.

Ayni paytda turinliklar “Forentina” to‘purari Dushan Vloxovichni taklif qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Serbiyalik forvardga yozda “Atletiko”, “Tottenxei”, “Borussiya Dortmund” kabi jamoalardan chorlov bo‘ldi. Biroq Vlaxovich bu takliflarning birortasini qabul qilgani yo‘q.

Hujumchining florentsiyaliklar bilan hamkorligi 2023 yilning yozida tugaydi. Shu bois, “Fiorentina” mavsum yakunlangach, Vlaxovichga belgilangan 60 million evrolik narxni pasaytirishga majbur bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!