
“Yuventus” so‘ragan narx “Chelsi”ni qo‘rqitib yubordi
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romano “Chelsi” mutasaddilari “Yuventus” markaziy himoyachisi Matteys de Ligt uchun kurashdan chiqqanini ma’lum qildi.
Tomas Tuxel hozirgi himoyachilardan bir nechtasi mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkinligini inobatga olib, niderlandiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgan edi. Biroq, Turin klubi xo‘jayinlari Matteysni 120 million evroga baholagani londonliklarga ma’qul kelmadi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, “aristokratlar” Matteys de Ligtga bo‘lgan qiziqishidan voz kechgan va e’tiborini arzonroq narxdagi himoyachilarga qaratadigan bo‘ldi.
22 yoshli de Ligt joriy mavsumda A Seriyada o‘nta o‘yinda harakat qilib, bitta to‘p kiritishni ham uddaladi.
Fikrlar