
"Yuventus" stadionini harbiylar qo‘riqlaydi
Italiyada koronavirusga qarshi emlash jarayoni davom etmoqda. Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “Yuventus”ning uy stadioni hisoblangan “Alyants Stedium”da emlash punktiga aylanadi. U ertaga 24 mart sanasidan boshlab faoliyat boshlaydi.
Ko‘chma punkt avtoturargohga joylashtirilgan va unda harbiylar tomonidan qo‘riqlanadi. Bu erda kuniga 200 tagacha odam emlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Barselona" o‘z uy arenasi hisoblangan "Kamp Nou"da koronavirusga qarshi emlash punkti ochishga rozilik bildirgani haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar