
“Yuventus” super hujumchidan voz kechdi. Uni 100 million evroga sotadi
“Yuventus” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida jamoaning asosiy hujumchilaridan biri Paulo Dibalani sotib yuborishga qaror qildi. Tomonlar hali yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga kelgani yo‘q. Argentinalik hujumchi yiliga 15 million so‘ramoqda.
Yangi bosh murabbiy Andrea Pirlo butun jamoani, xususan, hujum chizig‘ini yangilamoqda va keladigan nomzodlar ro‘yxati ham tayyor. “Yuventus” Dibalani 90-100 million evro atrofidagi summaga sotib yuborib, olinadigan mablag‘ni jamoani yanada kuchaytiradigan futbolchilarga sarflamoqchi.
Shuningdek, turinliklarda Dibalani “Manchester Yunayted” etakchisi Pol Pogbaga almashtirish varianti ham bor. Pirlo bir necha yil oldin turinliklar safida Pogba bilan birga to‘p surgan.
“Yuventus” Dibalani besh yil muqaddam “Palermo”dan 40 million evroga xarid qilgandi. 26 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar