"Yuventus" top forvard transferi bo‘yicha rad javobini oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atalanta" hujumchi Duvan Sapata transferi bo‘yicha "Yuventus" bildirgan taklifga rad javobini berdi.

Calciomercato nashri "Yuventus" 29 yoshli futbolchi uchun 30 million evroli taklif bildirgani, biroq bergamoliklar rad javobi bergani haqida xabar berdi. Shuningdek, bir necha kun oldin, "Atalanta" chet el klubining 50 million evroli so‘rovini qabul qilmadi.

"Atalanta" o‘z yulduzini saqlab qolib, keyingi mavsumda chempionlik uchun kurashmoqchiligi ta’kidlanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!