"Yuventus" yarim himoyachisi "Lids"ga o‘tishga yaqin

  • 30 yanvar, 2023, 21:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" yarim himoyachisi Ueston Makkenni Angliyaning "Lids" klubi futbolchisiga aylanish arafasida. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 24 yoshli amerikalik Angliyada tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.

Tecno

Makkennining "tovuslar" bilan rasmiy shartnoma imzolagani haqida xabar yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Yarim himoyachi turinliklar jamoasida 2020 yilning kuz faslidan beri to‘p tepadi. 2 yildan ortiq vaqt davomida amerikalik "keksa senora" klubi safida 96 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, nufuzli "Transfermarkt" portali Uestonni 21 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!