
“Yuventus”da janjal
“Yuventus” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri futbolchilarni boshqara olmayapti. Ayri mutaxassislar uni yulduz futbolchilar, xususan Krishtianu Ronalduga gapini o‘tkaza olmaslikda ayblamoqda.
Endi bosh murabbiy etakchi futbolchilardan biri Miralem Pyanich bilan janjallashib qolgani ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun Sarri Pyanichni Italiya kubogi finalida ham o‘yinga tushirmoqchi emasdi. Kutilmaganda Sami Xediraning jarohat olgani murabbiylar shtabining fikrini o‘zgartirdi.
Pyanichning o‘zi Turinni tark etib, “Barselona”da to‘p surishni istamoqda.
Fikrlar