
"Yuventus"ga "Arsenal" futbolchisi kerak
Huquqlari Londonning "Arsenal" klubiga tegishli bo‘lgan himoyachi Kiran Tirni Angliya premer-ligasini Italiya chempionatiga o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Rudi Galetti ma’lum qildi.
25 yoshli shotlandiyalik futbolchining xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi qiziqmoqda. "Keksa senyora" yozgi transferlar vaqtida kelishuvga erishishga harakat qiladi.
Tirnining "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.
Kiran joriy mavsumda londonliklar safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar