"Yuventus"ning fikri o‘zgardi

  • 13.06.2023 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bir necha kun oldin “Yuventus” Arkadiush Milik bilan xayrlashishi muqarrardek tuyulgan bo‘lsa, endi vaziyat o‘zgargan va turinliklar uni yana bir mavsum tarkibda olib qolishga tayyor.

 

Buning uchun ular 7 million evro topib, tajribali futbolchini qaytarib olishlari kerak. Biroq Tuttosport nashrining ma’lum qilishicha, Turin klubi rahbariyati marsellik hamkasblarining bu boradagi talablarni kamaytirishga ishontirishga umid qilmoqda.

 

Frantsiya tomonining munosabati yaqin kunlarda ko‘rsatiladi, ammo bu holat "Yuventus"ning Dushan Vlahovich bilan xayrlashishiga bilvosita ishora bo‘lib xizmat qilishi mumkin va shu sababli jamoaga xuddi shunday rejadagi muqobil hujumchi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Arkadiush Milik “Marsel” futbolchisi hisoblanadi. U mavsumni ijara asosida “Yuventus”da o‘tkazdi va 14 ta o‘yinda 5 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!