Zamonaviy beshkurash. Vakillarimiz Osiyo chempionatida 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi

  • 26 sentabr, 2022, 09:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Qozog‘istonning Almati shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha U19 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 3 ta bronza medali bilan yakunladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Dastlab Samira Abzalova, Kira Choy, Doniyor Rahimov, Sherjon Ahmedov, Sadriddin Qobiljonov va Mixail Kokozididan iborat vakillarimiz jamoaviy bahsda shohsupaning uchinchi pog‘onasini band etishdi.

Musobaqa davomida Sherjon Ahmedov va Doniyor Rahimov jutflik bahslarida, Samira Abzalova hamda Doniyor Rahimov tandemi mikst dasturida delegatsiyamiz hisobiga bronza medallarini qo‘shib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!