Zaxa Chempionlar ligasida o‘ynamoqchi
Londonning "Kristal Pelas" klubi vingeri Vilfrid Zaxa jamoa rahbariyatiga o‘zining boshqa jamoada o‘ynash istagi borligini aytgan.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli ivuarlik futbolchi Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi jamoa safida to‘p surishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Zaxa joriy mavsum "Kristal Pelas" tarkibida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 10ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transferi esa 35 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar